AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" venchur fondi "Venture Catalyst" nominatsiyasida g'olib deb topildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park O'zbekiston tomonidan “IT Park 2024: Achievements & Vision” tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishgan natijalar va yutuqlar tahlil qilindi. Shuningdek, tadbirda IT Park 2024-yil uchun o'z oldiga qo'ygan maqsad va rejalarini ham taqdim etdi.

Tadbir so'ngida O'zbekistonda IT ekotizimini rivojlantirish va sohaga bo'lgan qiziqishni kuchaytirishda, O'zbekistonni xalqaro IT habga aylantirishda katta hissa qo'shayotgan kompaniyalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimida "AloqaVentures" venchur fondi startap loyihalariga investitsiya kiritish va ularni qo'llab-quvvatlashdagi yetakchiligi uchun "Venture Catalyst" nominatsiyasi g'olibi deb topildi.