AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

“Mohirdev” - EdTech startapi TechCrunch Disrupt 2023 konferensiyasida ishtirok etmoqda

Tadbir 19-21 sentyabr kunlari San-Fransiskoda (Silicon Valley) bo'lib o'tmoqda. TechCrunch Disrupt bu - minglab startaplar, investorlar, venchur fondlari, texnologiya va innovatsiyalar novatorlari va ishqibozlarini bir joyga jamlovchi tadbir hisoblanadi.

“Mohirdev” Markaziy Yevroosiyo IT va texnologik ekotizimini global miqyosda tanitayotgan “Silkroad Innovation Hub” pavilionida o’zini namoyish etmoqda. Ushbu hab Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston va Ozarbayjon startaplarini oʻz ichiga oladi va yangi hamda tezliл bilan rivojlanayotgan texnologiya va IT ekotizimini, sarmoya kiritish imkoniyatlarini va mintaqaning keng imkoniyatlarini dunyoga tanitishni o’z oldiga qo’ygan.

Tadbirda Workly, Iman va MyID kabi yana uchta O’zbek startaplari ishtirok etib, Mohirdev bilan bir qatorda O‘zbekiston startap ekotizimini namoyish etmoqda.

Ushbu tadbir dunyodagi eng yirik texnologik va innovatsion tadbirlardan biri bo'lish bilan birgalikda, TechCrunch Disrupt texnologiya ixlosmandlariga o'zlarining networkini kengaytirish, texnologiya olamidagi eng so’ngi yangiliklarni shaxsan guvohi bo’lishiga yordam beradi.