AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

AloqaVentures venchur fondi Cargon startapiga investitsiya kiritdi

AloqaVentures venchur fondi Cargon startapiga investitsiya kiritdi

Cargon - yuk jo'natuvchilar va yuk tashuvchilarni bog'laydigan innovatsion onlayn platforma.

Cargon bir qator afzalliklarga ega:

• Yuk egalari uchun: eng yaxshi tariflar va yo`nalishlarni topish, real vaqt rejimida jo‘natmalarni kuzatish va belgilangan va shaffof narxni to‘lash.

• Tashuvchilar uchun: bo'sh sig'imlarni to'ldirish, ko'proq buyurtmalar olish, tezroq to'lovlarni olish va qulayroq boshqarish.

• Ikkala tomon uchun: transport amaliyotlarini optimallashtirish uchun statistik va tahliliy ma'lumotlardan foydalanish.

Startap Sturgeon Capital, UzVC va Caucasus Ventures venchur fondlaridan investitsiya jalb qildi.

AloqaVentures IT-sohasidagi innovatsion startaplarni qo`llab-quvvatlashga doimo tayyor.