AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

Yangi investitsiya: AloqaVentures ➝ Soff.uz

AloqaVentures venchur fondi Soff.uz startapiga 50 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi.

Soff.uz — bu bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislar o‘z xizmatlari va raqamli mahsulotlarini taklif qilib, daromad olishi mumkin bo‘lgan onlayn platforma. U freelancing xizmatlari, tayyor mahsulotlar bozori va sun’iy intellekt imkoniyatlarini bir joyda jamlaydi.

📊 Asosiy ko‘rsatkichlar:

– 165 000+ foydalanuvchi

– 253 000+ mahsulot

– 86 800+ tranzaksiya

– Ishga tushirilgan Soff AI va Gigs xizmatlari

AloqaVentures investitsiyasi mahsulotni rivojlantirish, marketing va mintaqaviy kengayish uchun yo‘naltiriladi.