AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

Startaplar uchun kerakli hujjatlar to‘plami.

Startaplar uchun kerakli hujjatlar to‘plami.

AloqaVentures O‘zbekistonning startap ekotizimini yanada mustahkamlash, sarmoya jalb qilish jarayonlarini soddalashtirish va asoschilarga zaruriy yuridik bilimlarni yetkazish maqsadida namunaviy hujjatlar to‘plamini taqdim etmoqda.

Startap bosqichidagi ko‘plab loyihalar texnologik jihatdan kuchli bo‘lishiga qaramay, huquqiy va investitsiyaviy jihatdan tayyorgarliksiz bo‘lishi ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa, investorlar bilan muzokaralar jarayonida, asoschilar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilashda yoki kompaniya ichki jarayonlarini tuzatishda bunday hujjatlar muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu to‘plamga quyidagi hujjatlar va namunalar kiradi:

  • Convertible Notes – sarmoyani keyingi bosqichdagi aksiyalarga aylantirish imkonini beruvchi qarz shartnomasi.
  • Data Room ro‘yxati – investorlar uchun tayyorlanadigan hujjatlar papkasining namunaviy tarkibi.
  • Moliyaviy model (Financial Model Sample) – investorlar kutgan asosiy moliyaviy prognoz va ko‘rsatkichlar shabloni.
  • Investitsiya shartnomasi (2 ta hujjat) – turli investorlar bilan ishlashga moslashgan investitsion kelishuv shartnomalari.
  • Yuridik audit (Legal Audit Checklist) – kompaniyani tekshirish uchun tayyorlanadigan huquqiy hujjatlar ro‘yxati.
  • Maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuv (NDA) – ma’lumot almashinuvida maxfiylikni ta’minlaydigan asosiy hujjat.
  • Pitch deck namunasi – investorlar uchun samarali taqdimot tuzishga yordam beruvchi vizual shablon.
  • Post-Money SAFE – investor kiritgan mablag‘ asosida ulushni aniqlovchi zamonaviy investitsiya hujjati.
  • Side Letter – asosiy investitsiya shartnomasiga qo‘shimcha va maxsus kelishuvlarni aks ettiruvchi hujjat.
  • Texnik audit (Technical Audit Checklist) – texnologik infratuzilma va mahsulot sifatini baholash ro‘yxati.
  • Termsheet – kelishuvning asosiy shartlarini ifodalovchi muhim hujjat.

Ushbu hujjatlar sizga nima beradi?

  • Investor bilan muzokaralarni tezroq va samaraliroq olib borish
  • Sarmoya jarayonlarini professional darajaga chiqarish
  • Ichki audit va huquqiy tayyorgarlikni kuchaytirish
  • Kompaniyangizni baholashda ishonchli asos yaratish
Hujjatlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib, xalqaro tajribaga mos ravishda ishlab chiqilgan. Ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish yoki o‘z startapingiz shartlariga moslab sozlash mumkin.
Ushbu havola orqali hujjatlar to'plamini yuklab olishingiz mumkin.