AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

“AloqaVentures” venchur fondi Push30 korporativ fitnes-agregatoriga investitsiya kiritdi

“AloqaVentures” venchur fondi Push30 korporativ fitnes-agregatoriga investitsiya kiritdi

Push30 bu – trenajor zallari, basseynlar, pilates, yoga va boshqa ko’plab turdagi sport mashg’ulotlariga qatnashish uchun cheksiz imkoniyat beruvchi platforma bo’lib Ozarbayjonda 250 dan ortiq va Toshkentda 100 dan ortiq sport markazlarini o’z ichiga oladi.
Push30 o’z foydalanuvchilariga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
•Push30 tizimidagi barcha sport markazlaridan foydalanish uchun yagona kirish tizimi
•Bir obuna ichida turli sport mashg’ulotlariga qatnashish
•Sport darslariga qatnashish hisobotining to’liq shaffofligi
•Sport turlarini tanlash va obuna bo’lish uchun qulay va moslashuvchan interfeys va Push30 shaxsiy kabineti
•Obunalar va shug’ullanish jarayonini to’liq nazorat qilish