AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

AloqaVentures portfelidagi Push30 startapi umumiy $600 ming miqdorida investitsiya oldi

AloqaVentures portfelidagi Push30 startapi Baku ID 2025 innovatsion forumi doirasida IT Park Venturesdan $300 000, hamda Qozoqistonning White Hill Capital fondidan $300 000 investitsiya oldi.

Bu startap uchun nafaqat moliyaviy resurs, balki strategik hamkorlikdir.

Push30 — bu xodimlar va kompaniyalar uchun sog‘lom turmush imkonini yaratadigan B2B modelidagi raqamli xizmat.

Ilova orqali foydalanuvchilar 600 dan ortiq sport zali va sog‘lomlashtirish markazlariga kirish huquqiga ega bo‘ladilar.

Bu yondashuv barcha tomonlar uchun manfaatli:

Kompaniyalar — xodimlar salomatligiga investitsiya kiritadi

Sport obyektlari — bo‘sh joylarni monetizatsiya qiladi

Foydalanuvchilar — qulay, moslashuvchan sport imkoniyatiga ega bo‘ladi

Bugungi kunda Push30 O‘zbekiston va Ozarbayjonda faoliyat yuritmoqda. Kompaniya BAA va Saudiya Arabistoni bozorlariga chiqishga tayyorlanmoqda. Mahsulotning universal modeli va texnologik asoslari global miqyosda tez moslashish imkonini beradi.