AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" PointAI startapiga investitsiya kiritdi

"AloqaVentures" PointAI startapiga investitsiya kiritdi

PointAI - onlayn do‘konlarda qo‘llab-quvvatlash xizmati sifatini yaxshilashga mo‘ljallangan AI-chatboti hisoblanadi.
PointAI o'zining raqobatbardosh narxlari, sun'iy intellektga asoslangan keng xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, PointAI asoschilari Azamat va Aslxon o'zlarining zamonaviy dunyoqarashi, tajribasi va ishtiyoqi bilan ham yosh startapchilar orasida ajralib turadi.
PointAI mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatining muhim ahamiyatini sezgan holda, mijozlar bilan muloqotni sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib yanada qulay va sodda shaklda amalga oshirishga yordam beradi.
"AloqaVentures" PointAI startapi bilan birgalikda elektron tijorat bozorida qo'llab-quvvatlash xizmatini rivojlantirishdan mamnun.