AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" venchur fondi ICTWEEK 2023 haftaligida ishtirok etdi

Haftalik davomida fond startaplari tadbir mehmonlariga o'zlarining innovatsion yechimlarini namoyish etib, yangi hamkor va mijozlarga ega bo'ldi.

“AloqaVentures” venchur fondi direktori Suxrob Gaybulloev ICTWEEK 2023 haftaligi doirasida tashkil etilgan “IT sohasidagi investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlari” forumida spiker sifatida ishtirok etib, startaplar, venchur investitsiya va IT sohasining rivojlanish tendensiyalari haqida so’z yuritdi.
ICTWEEK 2023 doirasida "AloqaVentures" venchur fondi Qozog'istonning "GoDays" startapi bilan investitsiya kiritish bo'yicha "Termsheet" imzoladi.
Shuningdek, haftalik doirasida Kremniy vodiysida joylashgan va O'rta Osiyo startaplariga Kremniy vodiysi va AQSh bozorlariga kirishda yordam beruvchi "Silkroad Innovation Hub" bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.