AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaTechLab" akseleratsiya dasturi final bosqichining "Demo Day" tadbiri bo'lib o'tdi

Raqamli texnologiyalar tizimidagi startap sohasini rivojlantirish doirasida 25-avgust kuni “IT Park Uzbekistan”, “Aloqabank” va “AloqaVentures” hamkorligida “AloqaTechLab” akseleratsiya dasturining ikkinchi “Demo Day” kuni oʻtkazildi.

“AloqaTechLab” akseleratsiya dasturi uch oylik akselerator boʻlib, Sunʼiy Intellekt, FinTech, Enterprise Tech va BigData sohalarida istiqbolli startap loyihalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash bilan birga, loyiha ishtirokchilariga netvorking uchun imkoniyatlar, mentorlar va trekkerlar tomonidan amaliy va nazariy bilimlar beriladi.
Akseleratsiya dasturining saralash bosqichida 100 dan ortiq arizalar kelib tushdi va 55 ta ishtirokchidan iborat 14 ta startap loyihasi final bosqichga yetib keldi. Tadbir davomida startaplar investorlar va soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’atiga o’z loyihalarini taqdimot ("pitch") qilishdi.

🏆 Tadbir so'ngida hakamlar tomonidan "Point AI", "Smartcast" va "Oshme" loyihalari g'olib deb topilib, "AloqaVentures" fondidan investitsiya olish imkoniyatini beruvchi sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, dastur ishtirokchilaridan uch nafariga, tadbir hamkori "PRO DATA-TECH" tomonidan 12 million so’mlik vaucherlar topshirildi.