AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" jamoasi xalqaro venchur sammitida ishtirok etdi

"AloqaVentures" jamoasi xalqaro venchur sammitida ishtirok etdi

"AloqaVentures" venchur fondi 2024-yil 25-26-aprel kunlari USAID va ITU Gruziya hamkorligida Gruziyada tashkil etilgan xalqaro "Central Eurasia Venture Summit 2024” sammitida ishtirok etdi.
Sammit davomida Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada venchur fondlari faolligini va fondlararo hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqadagi startap ekotizimlarini yanada rivojlantirish kabi muhim masalalar haqida suhbatlar bo'lib o'tdi.

🚀Ushbu sammit O'rta Osiyo, Sharqiy Yevropa, Malayziya va Turkiya venchur fondlarini jalb qilib, mintaqaviy startap ekotizim qamrovi va sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi.
Shuningdek, fondimiz a'zosi sammit doirasida tashkil etilgan panel sessiyasida ishtirok etib, o'z tajribasi hamda fond yutuqlari va oldiga qo'ygan rejalari bilan bo'lishdi.