AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

AloqaVentures xalqaro texnologik tadbirda faol ishtirok etmoqda – GITEX Africa 2025


AloqaVentures xalqaro texnologik tadbirda faol ishtirok etmoqda – GITEX Africa 2025

Afrika qit'asidagi eng yirik texnologiya va startap anjumani — GITEX Africa 2025 doirasida AloqaVentures vakillari 130 dan ortiq mamlakatdan kelgan 1500 dan ziyod tashkilot va 400 dan ortiq sarmoyadorlar bilan bir safda qatnashmoqda.

Tadbir umumiy qiymati 250 milliard dollarlik investitsiya resurslarini birlashtirgan global platformaga aylangan.

Uchrashuvlar davomida AloqaVentures vakillari Misrning EdVentures, Fransiyaning AFRIMOBILITY va Marokashning startap ekotizimi vakillari bilan muloqotlar o‘tkazib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Bu aloqalar quyidagilar uchun muhim zamin yaratmoqda:

-AloqaVentures portfel loyihalarini xalqaro bozorlarga olib chiqish;

-Bilim va tajriba almashinuvi;

-Yangi strategik sherikliklar va qo‘shma loyihalarni boshlash.

Ushbu nufuzli texnologik anjumanda Startup Garage ham faol qatnashmoqda, AloqaVentures bilan birgalikda o‘z portfelidagi istiqbolli startaplar haqida ma’lumot berib, ularni xalqaro investorlar va hamkorlarga tanishtirmoqda.