AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

“AloqaVentures” venchur fondi BILLZ startapiga investitsiya kiritdi

“AloqaVentures” venchur fondi savdo nuqtalari boshqaruvini avtomatlashtirish tizimi - BILLZ startapiga investitsiya kiritdi.

BILLZ - chakana savdo do'konlari boshqaruvini optimal ravishda avtomatlashtirish, jarayonlarni soddalashtirish va tahlil vositalarini jamlashtirgan dastur hisoblanadi.
Dastur mijozlari uchun keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi:

  1. CRM;
  2. Moliyaviy instrumentlar va hisobotlar;
  3. Marketing;
  4. Omborxona boshqaruvi;
  5. Mijozlar tahlili.
Billz tizimidan Markaziy Osiyodagi 1800 dan ortiq savdo do'konlarida foydalaniladi.