AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" venchur fondi SMARTCAST - AdTech yo'nalishidagi startapga investitsiya kiritdi

Smartcast bu - markazlashgan media kontentlarni boshqarish platformasi, har qanday murakkablikdagi multimediya va ichki reklama loyihalarini boshqarishga yordam beradi.

Smartcast dasturi o'z algoritmi va qulay interfeysiga ega bo'lib, yuqori tezlik, ishonchli himoya tizimi va samarali ish jarayonini ta'minlaydi. Shuningdek, loyiha o'z hamkorlariga quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:

- video va audio kontent translyatsiyasi;
- masofadan turib boshqarish imkoniyati;
- 24/7 monitoring;
- media kontentni navbatlash tizimi;
- yuqori daradagi xavfsizlik.

Smartcast dasturi O'zbekiston bo'ylab 660 ta multimedia vositalariga integratsiya qilngan bo'lib, mijozlar bazasini faol ravishda kengaytirib bormoqda!

Shuningdek, Smartcast loyihasi “AloqaTechLab 2023” akseleratsiya dasturi bitiruvchisi hisoblanadi.