AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

AloqaVentures Oʻzbekiston startap ekotizimini qay tarzda oʻzgartirmoqda

AloqaVentures Oʻzbekiston startap ekotizimini qay tarzda oʻzgartirmoqda

“AloqaVentures” venchur fondi 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirishda yetakchi omil boʻlib xizmat qildi. Fond hozirga qadar 22 ta innovatsion startap loyihalariga investitsiya kiritgan. Ushbu investitsiyalar nafaqat moliyaviy koʻmak boʻlib xizmat qilmoqda, balki Oʻzbekistonda faol tadbirkorlik muhitini rivojlantirmoqda.

Oʻzbekistonda venchur bozori bir necha yil avval UZVC, UCVC, Semurg VC va AloqaVentures kabi mahalliy venchur fondlarning tashkil etilishi bilan faol rivojlana boshladi. Ushbu fondlar birgalikda mahalliy startaplarga, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi loyihalarga 4 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.
AloqaVenturesning strategik qarashlari uning 22 ta loyihaga kiritgan investitsiyasida yaqqol namoyon boʻladi. Ushbu loyihalar sunʼiy intellekt, fintech, adtech va medtech kabi turli sohalarni qamrab oladi va bozor ehtiyojlari, kelajakdagi tendensiyalarni yaxshi tushunishi hamda oldindan koʻra bilishini aks ettiradi.

AloqaVentures portfelidagi mahalliy startaplar qatoriga depozit.uz, MohirDev, KPI.com, Didox.uz, YOTO, Billz va Geomotive kiradi. Ushbu loyihalar Oʻzbekiston startap ekotizimida innovatsion yechimlarni taqdim etuvchi moliyaviy bozorlar, taʼlim kurslari va chakana savdo boshqaruv platformalari kabi bir qator xizmatlarni taklif etadi.

Xususan, chakana savdoni boshqarish uchun keng qamrovli vositalar toʻplamini taqdim etuvchi dasturiy taʼminot Billz chakana savdo doʻkonlariga oʻz faoliyatini avtomatlashtirish, optimallashtirish va kengaytirishga yordam beradi. Billz mijozlarining coʻzlariga koʻra, dastur chakana savdo doʻkonlariga yuzlab soatlarni tejashga, sotuvlarni 40 foizgacha oshirishga, operatsion xarajatlarni kamaytirishga hamda ularning onlayn va oflayn rejimdagi faoliyatini kengaytirishga yordam berdi. Billz Oʻzbekistonda chakana savdo sektori va innovatsion ekotizimni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan.
AloqaVentures oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarining muhim jihatlaridan biri xorijiy startaplarning Oʻzbekiston bozorida oʻz oʻrnini topishi va kengayishini qoʻllab quvvatlashidir. 2023-yilda venchur fondi CEREBRA, Cargon va GoDays kabi xorijiy startaplarga investitsiya kiritdi. Bu nafaqat ushbu startaplarning oʻsishini tezlashtirdi, balki AloqaBank ekotizimini istiqbolli va innovatsion yechimlar bilan boyitdi.
AloqaVentures “Zypl.ai”ning Oʻzbekiston bozoriga kirishi va kengayishida ham muhim rol oʻynadi. Strategik qoʻllab-quvvatlash va muhim resurslari orqali “Zypl.ai” Oʻzbekiston bozorida oʻzining yorqin va kuchli oʻrniga ega boʻldi va bozorning sunʼiy intellekt yechimlariga nisbatan oʻsib borayotgan talabini samarali qondirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, AloqaVentures Oʻzbekiston startap ekotizimini rivojlantirishda muhim roʻl oʻynamoqda. Fondning 2023-yilgi faoliyati uning innovatsion startaplarni qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy texnologik yechimlarni taqdim etish, raqamli oʻzgarishlar va bank ekotizimini integratsiyasi orqali Oʻzbekistondagi startap ekotizimini rivojlantirishga boʻlgan ishtiyoqini koʻrsatadi. Ushbu strategik yondashuv bilan AloqaVentures Oʻzbekiston va xalqaro maydonda innovatsiyalarni rivojlantirishga bel bogʻlagan.