AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

Due Diligence nima va u qanday amalga oshiriladi?

Due Diligence nima?

Investitsiya olamida Due Diligence iborasi mavjud. Due Diligence bu - investitsiya jarayonida startap loyihaning umumiy va kompleks tekshiruvi hisoblanadi.

Quyida AloqaVentures Due Diligence jarayoniga qanday yondoshishini ko’rib chiqamiz:
  • Bozor tahlili (Market Analysis): Biz maqsadli bozorni (target market) sinchiklab o'rganishdan boshlaymiz. Mahsulot yoki xizmatga talab bormi? Bozorda raqobat qanday? Bozor tendentsiyalari va dinamikasini tushunish loyihaning o'sish imkoniyatini baholash uchun muhim hisoblanadi.
  • Jamoa (Team): Har bir muvaffaqiyatli startap ortida kuchli jamoa turadi. Biz asoschilarning kelib chiqishi, ish etikasi va tajribasini sinchiklab tekshiramiz. Jamoa muammolarni hal qilishda qanday yo’l tutadi? Ular qiyinchiliklarni yengish va yuqori suratda o’sish uchun zarur bo'lgan qarash va liderlik ko'nikmalariga egami?
  • Mahsulot/xizmatni baholash (Product/Service Assessment): Har qanday loyihaning asosi u taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatga borib taqaladi. Biz mahsulot yoki xizmatning o'ziga xosligi, kengayish ehtimoli va bozorga mosligini baholaymiz. Mahsulot/xizmat bozordagi shoshilinch ehtiyoj yoki og'riqli nuqtani hal qiladimi? Uni raqobatchilardan ajratib turadigan aniq qiymati bormi?
  • Moliyaviy tekshiruv (Financial Due Diligence): Raqamlar aldamaydi! Biz moliyaviy hisobotlarni, prognozlarni va pul oqimlari tahlilini batafsil ko'rib chiqamiz. Daromad prognozlari haqiqiymi? Korxonaning moliyaviy holatida salbiy omillar (red flag) bormi?
  • Huquqiy va me'yoriy me’zonlar: Biz korxona barcha qonuniy talablarga rioya qilishini ta'minlaymiz va uning faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan har qanday huquqiy xavflarni baholaymiz.
  • Xatarlarni baholash (Risk Assessment): Har bir investitsiya o'ziga xos risklarga ega. Biz bozordagi o'zgaruvchanlikdan tortib operatsion muammolargacha bo'lgan potentsial xavflarni aniqlaymiz, baholaymiz va ularni kamaytirish uchun strategiyalarni ishlab chiqamiz.
  • Investitsiya strategiyaga mosligi: Biz loyihaning investitsiya yo’nalishlari va portfel strategiyamiz bilan qanchalik mos kelishini baholaymiz. Loyihaning bizda mavjud investitsiyalarimizga foydasi bormi? Sinergiya yoki strategik hamkorlik uchun potentsial bormi?
  • Texnik tekshiruv (Technical Due Diligence): Bu jarayon startap loyihasining texnologik jihatlarini har tomonlama tekshirishni o‘z ichiga oladi. Biz loyihaning infratuzilmasi, arxitekturasi, kodlar bazasi, xavfsizlik choralari, qamrovi va umumiy texnik jihatlarini ko'rib chiqamiz. Buni loyihaning texnologik imkoniyatlarini va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni tubdan o’rganish deb atash mumkin.
To'liq tekshiruv (Due Diligence) o'tkazish orqali biz loyihani tubdan o'rganamiz hamda uning qiymatni maksimal darajada oshiradigan va yuqori potensialli startap loyihalari o'sishini qo'llab-quvvatlovchi qarorlarini qabul qilamiz.