Texnologik innovatsiyalar va sun’iy intellekt yechimlariga asoslangan mahalliy startaplar orasida alohida o‘rin egallayotgan Karmon AI loyihasiga AloqaVentures venchur fondi tomonidan 20 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya berildi.
🔍Karmon AI — zamonaviy shaxsiy moliyaviy boshqaruvning eng dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan kompleks raqamli platforma bo‘lib, u foydalanuvchilarga:
qarz va moliyaviy majburiyatlarni aqlli eslatmalar orqali nazorat qilish;
bank kartalari amaliyotlarini tarixini avtomatik qo'shish;
sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy maslahatlar olish;
Islomiy qoidalarga muvofiq zakotni avtomatik hisoblash;
xarajatlarni cheklar yoki rasmlar orqali aniqlash;
xarajatlarni kategoriya bo'yicha tahlil qilish imkonini beradi.
Karmon AI startapi 2025-yilgi AICA Awards tanlovida Markaziy Osiyoning eng istiqbolli loyihalaridan biri sifatida tan olingan. Shuningdek, u Plug and Play, Startup Garage, Swift Launch akseleratsiya dasturlarida qatnashgan va IT Park Uzbekistan rezidenti hisoblanadi. Ilgari 15 000 AQSh dollari miqdorida grantni ham qo‘lga kiritilgan.
Hozirda loyihaning IOS
versiyasi chiqarilgan va shu yerdan yuklab olib foydalanishingiz mumkin.