AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

Startapingizni “issiqxonada” o‘stiring: Inkubator nima va nima uchun kerak?

Agar sizda hali mahsulot yo‘q, lekin kuchli g‘oya bo‘lsa — boshlash uchun eng maqbul joy bu inkubator.

Inkubator — bu startap g‘oyalarini ish beradigan biznesga aylantirish uchun mo‘ljallangan muhit.

Bu yerda sizga quyidagilar taklif etiladi:

bepul yoki arzon ofis

tajribali mentorlar yordami

o‘quv dasturlari va treninglar

foydali tanishuvlar (networking)

investorlar oldiga chiqish uchun tayyorgarlik

Inkubator qanday ishlaydi?

Inkubatorlar sizga biznesni yo‘lga qo‘yish uchun kerakli bilim, makon va tarmoqlarni beradi.

Jarayon odatda 6–12 oy davom etadi va qat’iy jadval asosida kechadi. Mentorlar startaplaringizni bosqichma-bosqich kuzatib boradi.

🔖Qayerdan paydo bo‘lgan?



Mashhur inkubatorlar:

Founder Institute — butun dunyodagi eng yirik startap inkubatori

Harvard Innovation Labs — Harvard talabalari uchun innovatsion muhit

Endeavor — rivojlanayotgan mamlakatlardagi startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi

Communitech Hyperdrive — Kanadadagi texnologik inkubator

🔄Inkubator va akselerator o‘rtasidagi farq nimada?

Inkubatorlar — hali mahsuloti yo‘q yoki faqat MVP bosqichidagi loyihalar uchun.

Akseleratorlar esa tayyor mahsulotga ega, tez o‘sishga tayyor jamoalarni tezlashtirishga qaratilgan.

Ya’ni, inkubator — bu “parvarish”, akselerator — “tez start”.

🔗Inkubator afzalliklari:

Ijara va infratuzilma xarajatlaridan qutulasiz

Kuchli mentorlik yordami olasiz

Muhit, ilhom va networking

Investorlar bilan tanishasiz

🕐 Kamchiliklari:

Tanlov juda raqobatli

Vaqt va majburiyat ko‘p talab etiladi

Ba’zida qarorlar ustida inkubator bilan kelishish kerak bo‘ladi