AloqaVentures Yangiliklar (Uzbek)

"AloqaVentures" “Innovatsion yoshlar” dasturi doirasida O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirilgan, texnologik yechimga ega startap — Connectedga $20 000 miqdorida investitsiya ajratdi.

Connected — bu onlayn professional maslahatlar uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, foydalanuvchilarga kerakli mutaxassislarni topish, jadvalni moslashtirish, xavfsiz to‘lovni amalga oshirish va uchrashuvlarni bir joyda boshqarish imkonini beradi.

Nima uchun Connected?

Ekspertlar — O‘zbekistonning eng yirik kompaniyalarida ishlovchi mutaxassislar;

Xavfsiz to‘lov —avtomatlashtirilgan va ishonchli to‘lov tizimi;

Qulay qidiruv — filtrlar va jadval asosida mos mutaxassisni tanlash;

Ichki video qo‘ng‘iroq tizimi va uchrashuvni yozib olish funksiyasi;

Komissiya asosidagi biznes modeli va kelajakda mobil ilova, B2B integratsiya va offline xizmatlar bilan kengaytirish.

AloqaVentures fondi innovatsion yoshlar dasturi doirasida g'oya va MVP bosqichidagi startaplarga $20 000 gacha investitsiyalar berish tizimini joriy qilgan.